Özbekistonda davlat boşqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlarni raqamlaştiriş, BMT elektron hukumat reytingida yuqori öttiztalikka kiriş vazifasi qöyilgan. Uşbu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini körsatuvçi xalqaro indeksdir. Uning ahamiyatli jihati, aholi va davlat örtasida elektron muloqotni kengaytiriş, xizmatlarni qulaylaştiriş, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi. Özbekiston ötgan yili reytingda 69-poğonada qayd etilgan. 

Reytingda yuqoriga kötariliş uçun xorijlik ekspertlar iştirokida, xalqaro metodologiya asosida 6 ta yönaliş böyiça 53 ta tadbirdan iborat «yöl xaritasi» işlab çiqilgan. Unda onlayn xizmatlar böyiça 112 ta körsatkiçni yaxşilaş, 2024 yilda raqamli 700 ta xizmatni işga tuşiriş va barçasini my.gov.uz portaliga jamlaş, aholi maskanlari va avtomagistral yöllarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlaş nazarda tutilmoqda. 

Bu jarayonlarni ilmiy-huquqiy ta’minlaş, hamkorlar bilan işlab, kamçiliklarni bartaraf etib boriş maqsadida «Raqamli Özbekiston – 2030» strategiyasi böyiça komissiyasi huzurida Loyiha ofisi taşkil etiladi. 

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantiriş böyiça körsatmalar berdi. Raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, Özbekistonning reytingdagi örnini yaxşilaşni asoslaş topşirildi.