BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) 200 ga yaqin a’zo davlatlar elektron hukumatining rivojlantiriş holatini taqdim etuvçi «UN E-Government Survey»ning 2024 yilgi natijalarini e’lon qildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, 2022 yil natijalariga köra, Özbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-örinni egallagan bölsa, 2024 yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 poğona yuqoriga – 63-öringa çiqdi.

«Öz navbatida ilk marotaba Özbekiston elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi baland guruhidan (High EGDI) juda baland (Very High EGDI) guruhiga qöşildi. Uşbu natija «Raqamli Özbekiston — 2030» strategiyasining maqsadli körsatkiçlarida 2025 yil uçun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oşdi», — deyiladi vazirlik ma’lumotida.