AQŞ Respublikaçilar partiyasi Kongressning quyi palatasi - Vakillar palatasida köpçilik öringa ega böldi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Ğalaba uçun ular 218ta örinni egallaşi lozim bölardi. Hozirda ular aynan qança öringa ega bölgani aniq ma'lum qilinmadi. Lekin dastlabki hisoblarga köra, demokratlar ikki palatada ham ustunlikni qaytarişga erişa olişmagan. Respublikaçilar Vakillar palatasida 224 ta öringa ega böldi.

Hozirgi Vakillar palatasida respublikaçilar 247 ta örinni nazorat qiladi. Şu tariqa, ular palatani boşqariş huquqini saqlab qoladi.

Kongressning ikki palatasi uçun saylovlar prezidentlik saylovlari bilan parallel tarzda keçmoqda.

Bundan taşqari, respublikaçilar AQŞ senatida köp öringa ega bölişi mumkin. Oxirgi ma'lumotlarga köra, respublikaçilar hozirça 100ta örindan 48ta, demokratlar esa 44ta öringa ega bölgan.

Qayd etiş kerakki, sörovlar Amerika Senatida demokratlar köpçilikni taşkil qilişini körsatgandi.

Bundan oldinroq, respublikaçi Jon Makkeyn oltinçi marta senator bölgani haqida xabar berilgandi.