AQŞ Vakillar palatasida spikerni saylaş jarayoni ikkinçi marta muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda CNN yozdi. 

Qayd qilinişiça, Vakillar palatasi Adliya qömitasi rahbari, respublikaçi Jim Jordan saylovda 199 ovoz töpladi, demokratik ozçilik nomzodi Hakim Jyeffris 212 ovoz yiğdi. Spiker lavozimiga saylaniş uçun 217 ovoz töplaş talab qilinardi. 

3 oktyabr kuni Vakillar palatasida köpçilikni taşkil qiluvçi respublikaçilar vakili Kevin MakKarti spikerlik lavozimidan çetlatildi. Keyinçalik u Jim Jordan nomzodini qöllab-quvvatladi. Yangi spiker uçun ovoz berişning birinçi bosqiçi 17 oktyabr kuni bölib ötdi. Unda Jim Jordan 200 ovoz, Hakim Jyeffris 212 ovoz töplagan edi. 

Politico xabariga köra, Jordan markazçi respublikaçilar tomonidan qöllab-quvvatlanmaydi, çunki u AQŞ içki muammolariga e’tibor qaratiş tarafdori.