AQŞ Kongressi Vakillar palatasiga yangi spiker saylanmagunça, prezident Jo Baydenning Ukraina va Isroilga yordam beriş uçun qöşimça mablağ ajratiş haqidagi söroviga oid qonun loyihasini qabul qila olmaydi.
CNN telekanalining ta’kidlaşiça, spikersiz palata budjet böyiça muzokara olib borolmaydi va qonunlar qabul qilolmaydi.
21 oktyabr kuni ertalab Vakillar palatasi ovoz berişning uçinçi bosqiçidan keyin yana yangi spikerni saylay olmadi. CNN ma’lumotlariga köra, 194 nafar respublikaçi Jim Jordan nomzodini qöllab-quvvatlagan. Uning raqibi, demokrat Hakim Jyeffris esa 210 ovoz olgan. Spikerlik lavozimini egallaş uçun kamida 217 ovoz töplaş talab etiladi.
Endi Vakillar palatasi 23 oktyabr kuni yangi nomzodlarni muhokama qilişga qaytadi. Kongressmenlar 29 oktyabrgaça yangi nomzod körsatişi kerak.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Jo Bayden Kongressga qöşimça moliyalaştiriş, jumladan, Ukrainaga bir yil davomida 61,4 milliard dollarlik moliyaviy yordam, şuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlaş uçun 14,3 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam körsatiş sörovini yuborgan edi. Biroq Kongress Vakillar palatasida yangi spiker saylanmagunça qonun loyihasini qabul qila olmaydi.









