Portugaliyalik mutaxassis Andre Villaş-Boaş Xitoyning «Şanxay-SIPG» klubiga boş murabbiy qilib tayinlangaç, dunyoning eng köp maoş oluvçi murabbiylari orasida uçinçi öringa kötarildi.

Quyida faqat klublarda faoliyat körsatadigan eng köp maoş oladigan murabbiylar xususida söz yuritamiz. 

1. Xosep Gvardiola, «Mançester Siti» - 16,8 mln yevro

"Mançester Siti" boş murabbiyi Xosep Gvardiola bu röyxatda birinçi örinda turibdi. "Şaharliklar" bilan tuzgan şartnomasiga köra, u yiliga 16,8 million yevro miqdorida maoş oladi. Uning qöl ostida jamoa çempionatni juda yaxşi boşlagan edi. Biroq oxirgi turlarga kelib "şaharliklar" öyinida pasayişlar kuzatilmoqda. 

2. Joze Mourino, «Mançester Yunayted» - 15,5 mln yevro

Portugaliyalik mutaxassis "Mançester Yunayted"da faoliyatini boşladi. U klubdagi işlagan vaqtidagi har bir yili uçun 15,5 million yevrodan maoş oladi. Aytiş kerakki, Jozening ham işlari avvaligdek emas. Jamoa turdan-turga oçkolarni yöqotmoqda. Mağlubiyatlar "Mançester Yunayted"ni tark etmayapti. 

3. Andre Villaş-Boaş, «Şanxay-SIPG» - 12,3 mln yevro

"Çelsi", "Tottenhem", "Zenit" klublaridagi faoliyati bilan tanilgan Andre Villaş-Boaşga Xitoydan taklif kutilmaganda röy berdi. "Şanxay SIPG" moliyaviy tomonlama juda baquvvat jamoa ekanligi heç kimga sir emas. Sven Yoran Eriksson ketganidan keyin bu murabbiyga taklif bilan çiqişdi. Öz navbatida Villaş-Boaşga Yevropa klublaridan jiddiy taklif bölavermaganidan keyin u çin yurtida faoliyat olib borişni lozim topdi. 

4. Karlo Ançelotti, «Bavariya» - 10 mln yevro

Tinib-tinçimas bu murabbiy ham "Bavariya"da kam maoş olmaydi. Yiliga 10 million limonga ega böladi. Agar klub qöyilgan vazifalarini uddasidan çiqsa, Ançelotti yanada köp mablağga ega böladi.