Amerikaning General Motors konserni AQŞda joylaşgan ikkita işlab çiqariş birlaşmasiga oid rejalariga tuzatişlar kiritdi. Unga köra, kelasi yilning yanvaridan boşlab Lordstown (Ohayo ştati) va Lansing Grand River (Miçigan ştati) zavodlarida uçinçi smenadan voz keçadi. Şu bilan 2 mingdan ortiq işçini vazifasidan ozod etadi. Ohayodagi zavodda Chevrolet Cruze sedani işlab çiqarilsa, ikkinçisida Chevrolet Camaro, Cadillac ATS va CTS modellari yiğiladi.

Xodimlar sonini va işlab çiqarişni qisqartiriş yuqorida nomlari sanab ötilgan modellar savdosining mahalliy bozorda pasayişi bilan boğliq. GM konsernining ma'lum qilişiça, amerikalik xaridorlar endilikda yöltanlamas va pikaplarni köproq xarid qilişmoqda. 

Şu bilan bir vaqtda işlab çiqariş rejasiga kiritilgan tuzatişga köra, kompaniya «yangi mahsulot dasturi»ga 900 mln dollar sarmoya kiritişni rejalaştirgan. Xususan, Miçigandagi Lansing Grand River zavodiga 211 million dollar mablağ yotqiziladi. Ohayo ştatidagi korxonaga yangi avlod uzatmalar qutisini işlab çiqariş uçun mablağ kiritiladi. 

Bundan avval, GM konsernining Tennesi ştatidagi zavodida, aksinça uçinçi smena yölga qöyilişi, unda 650 yangi iş örni paydo bölişi haqida xabarlar paydo bölgan edi. Uşbu işlab çiqariş maydonçasida Qöşma Ştatlarda talab yuqori bölgan Cadillac XT5 va GMC Acadia kabi yöltanlamaslar yiğiladi.