Sietlda Trampga qarşi norozilik aksiyasi ötayotgan joydan unça uzoq bölmagan yerda sodir bölgan otişmada beş kişi yaralandi. Hukumat bergan ma'lumotga köra, noma'lum kişi odamlarga qarata öq uzgan va yaşiringan.
Şahar politsiyasi rahbari örinbosari Robert Mernerning aytişiça, tört nafar erkak va bir nafar ayol Xarborvyudagi tibbiyot markaziga yetkazilgan. Şifoxonada ikki erkak va ayolning ahvoli oğir ekanligini ma'lum qilişgan.
Politsiya xodimining aytişiça, otişmaning bölayotgan aksiyalarga heç qanday aloqasi yöq.
"Qandaydir janjal çiqqanga öxşaydi. Otgan erkak boşida ketmoqçi bölgan, söngra ortiga qaytib, odamlarga qarata öq uzgan", - dedi Merner.
Sietl prezidentlik saylovida ğalaba qozongan Donald Trampga qarşi norozilik bildirgan şaharlardan biridir. Buning qatoriga Arizona, Ayova, Kolorado, Massaçusets, Vaşington ştatlaridagi şaharlarni ham qöşiş mumkin.











