Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ta'kidlaşiça, Anqara terrorçilarni AQŞga topşirayotgani kabi, Vaşington ham Fathulloh Gulenni Turkiyaga topşirişi kerak. U Qatarning Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida şunday bayonot bergan. 

U AQŞga "Gulenning aybini tasdiqlovçi 85 quti ma'lumotlar yuborilgan"ini aytar ekan, Vaşington ham öz vaqtida Usoma bin Lodinni öldirişda sud qaroriga asoslangani yoki yöqligiga qiziqqan. 

"Biz AQŞga, ular söragan terrorçilarni beramiz, ammo ular, afsuski, bunday qilişmaydi. Gulen hamon Amerika himoyasida. Ular esa, bizga sud qarori kerakligini aytişmoqda. Nima, bin Lodinni öldirişganida sud qarori bormidi?" – degan turk yetakçisi. 

"Ular bin Lodinni ovlaş uçun boşqa bir mamlakatga borişdi, töğrimi? Nima uçun? Çunki, u terrorçi edi", - degan Erdöğan. Uning qöşimça qilişiça, "Turkiya AQŞning jinoyatçilarni topşiriş borasidagi önta sörovining deyarli barçasini ijro etgan".

"Bizlar strategik hamkorlarmiz. Unga muvofiq, siz terrorçini topşirişni sörasangiz, biz bu sörovni amalga oşirişimiz kerak. Biz sözimizda turayapmiz. Gulen taşkiloti a'zolari esa, doimo Amerikaga, ğarb davlatlariga borib-kelişadi. Ularni heç kim bizga topşirayotgani yöq. Bu notöğri", - degan Turkiya prezidenti.