2016 yilda Instagram'ga yuklanuvchi roliklarning maksimal xronometraji 15 soniyadan 60 soniyagacha kengaydi.  

Ijtimoiy tarmoqda mini-seriallar, kliplar va shunchaki qiziqarli roliklar ko‘payib bormoqda. 

 

Instagram'dan video yuklashning eng oddiy usuli

Video yuklashning birinchi va nisbatan oson usuli - shunchaki videoli postni oching va manzil satrida instagram.com'dan oldin qq'ni qo‘shib yozing. Shundan keyin Enter tugmasini bosing - Savedeo servisi sahifasi paydo bo‘ladi, sizdan faqat Download tugmasini bosish va kontekst menyu orqali o‘zingizga yoqqan videoni saqlab qo‘yishgina talab qilinadi.

 

"Elementlar inspektori" orqali yuklab olish

Ushbu usul uchun sizga hech qanday begona soft yoki servis kerak bo‘lmaydi. Dastavval o‘zingiz yuklashni istagan  videoli postni oching. Keyin sahifa kodi beriladigan "Elementlar inspektori"ni («Inspektor elementov») "chaqiring". Aksariyat brauzerlarda «Ctrl + Shift + C» kombinatsiyasi yoki F12 tugmasini bosib, HTML-kodni ko‘rish mumkin. Panel ochilganda qidiruvni faollashtirish uchun «Ctrl + F»ni bosing va «mp4» matnini kiriting. Paydo bo‘lgan havola nusxasini brauzer satriga kiriting va kontekst menyu orqali videoni yuklab oling, bunda "Videoni saqlash" («Soxranit video») optsiyasidan foydalaning. 

 

InstaDownloader ilovasi

Rolikni ko‘chirishning yana bir elementar usuli. Ilova yuklangandan keyin sizga videorolik URL'i kerak bo‘ladi. Shunchaki uni ilovaning tegishli joyiga ko‘chiring. Shunda yuklanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. 

 

InstaSaver ilovasi

Bu dasturning funksional va mexanikasi oldingisiga o‘xshash. U sizga foyda berishi mumkin bo‘lgan bir necha kichik detallari bilangina ajralib turadi.