Turkiya taşqi işlar vazirligi Donald Tramp ğalabasidan söng AQŞga boradigan öz fuqarolarini ehtiyot bölişga çaqirdi. Bunga Tramp ğalabasiga qarşi bölib ötayotgan norozilik aksiyalari sabab etib körsatilgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Mazkur voqealar sabab yuzaga keluvçi xavf va ijtimoiy kuçlaniş tufayli AQŞda yaşovçi yoki şu mamlakatga borişni rejalaştirayotgan bizning fuqarolarga öta ehtiyot böliş tavsiya etiladi», — deyiladi taşkilot ma'lumotida.
Vazirlikda ma'lum qilişlariça, gap ba'zi bir şaharlar, masalan: Nyu-York, Çikago, Filadelfiya, Mayami, Los-Anjyeles, Sietl, Oklend va Portlend haqida bormoqda.











