“Facebook” ijtimoiy tarmoğida yoş qizça haqida joylaştirilgan videorolik barçani larzaga soldi. Unda hali baloğatga yetmagan qizça va videorolik muallifi örtasida keçgan savol-javob öz aksini topgan.

- Isming nima?
- Bilmayman.
- Dadang qani?
- Halok böldi. (Yiğlamsirab)
- Qayerda?.
- Halabda. (Yiğlab yuboradi).
- Bugun nimadir tamaddi qildingmi?
- ... (Alamdan yer çiziş)

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari uşbu videorolikka nisbatan qizğin fikrlarini bildirib ötişgan. 

Yuqoridagi gaplar jurnalist sifatida yoziş kerak bölgan jumlalar ketma-ketligi edi...

Endi oddiy bir inson sifatida biroz fikr yuritsak, kuçimiz, qurbimiz, aqlimiz yetguniça...

Men ham insonman, degan kişi bor-ki, yon-atrofida bölayotgan bu kabi xunrezliklardan, vahşiyliklardan dili vayron böladi, yuragi qon yiğlaydi... Çunki u inson, insoniyatning bir bölagi. Ana şu insoniyat esa bugun noma'lum qora böşliqqa kirib boryapti...

Vahimali gaplar, şundaymi? Yöq, unday emas, biroz fikr yuritişga undovçi gaplar, xolos.

Biz u qizçaga yordam bera olmaymiz, biz u qizçaning şu kunga tuşişiga sababçi bölgan kunlarni ham yengillaştira olmaymiz. Xöş, unda qölimizdan nima keladi?

Köp narsa...

Bu közlardagi kulgiga qarab şukrni; bu közlardagi uyatga qarab hayoni; bu közlardagi yoşlarga qarab rahmni, qizçaning sabriga qarab tadabburni; boşiga tuşgan kuniga qarab istiğforni; umuman, unga qarab insoniylikni örganiş...

Bu hodisa insonni yana bir bor noşukrlikdan yiroq bölişga çorlaydi, balki...