Ötgan hafta mobaynida Özbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir böldi, muhim qarorlar qabul qilindi, köz körib, quloq eşitmagan hodisalar sodir böldi. Ana şu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
20 sentabr
Suriyada BMTning insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan konvoyi öqqa tutildi. Buning oqibatida 10 kişi halok böldi. Natijada AQŞ Suriyada Rossiya bilan hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlarini körib çiqmoqçi ekanligini ma'lum qildi.
Qirğiziston prezidenti yuragidagi muammo sababli AQŞga ketayotgan yölidan ortga qaytdi. U oy oxiriga qadar Turkiyada davolanadigan böldi.
Şavkat Mirziyoyev metroning «Yunusobod» yönalişidagi quriliş işlarini yakunlaş topşiriğini berdi.
Şavkat Mirziyoyev Angrenga taşrifini amalga oşirdi. Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev paralimpiyaçilarni mukofotlaş haqidagi farmoyişini imzoladi.
Bu xabarlar haqida >>> batafsil.
21 sentabr.
Özbekiston xalq şoiri, Özbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2 sentabr kuni vafot etgan Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovga atab marsiya yozdi.
Politsiya qurolsiz afroamerikalikni otib öldirişi bilan boğliq voqeadan keyin Şimoliy Kaliforniyada norozilik namoyişlari boşlandi.
AQŞning Indiana ştatida huquq-tartibot organlari xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanuvçi qizni qölga olişdi.
Rossiya Markaziy banki ma'lumotlarida keltirilişiça, şu yilning yanvar oyidan iyul oyiga qadar Özbekistonga 952 mln dollar jönatilgan.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida 7-18 sentabr kunlari ötkazilgan 15-Paralimpiya öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etgan Özbekiston jamoasi bölgan samolyot bugun, tonggi 06:15da Turkiya orqali Toşkentga xalqaro aeroportiga yetib kelişdi.
Bu xabarlar haqida >>> batafsil.
22 sentabr
Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumaniga yangi hokim tayinlandi. Şahar hokimligi saytida berilgan axborotga köra, tuman hokimi lavozimini Şerzod Kudbiyev egallagan.
Toşkent qişloq xöjalik texnikalari zavodini (sobiq Toşkent traktor zavodi – TTZ) modernizatsiya qiliş va qaytadan texnologik jihozlaş işlari boşlandi.
Turkmanistonda tamaki mahsulotlari tanqisligi kuzatilayapti. Yaqin vaqtlardan boşlab, Turkmanistonning davlat dökonlarida tamaki mahsulotlari sotilmayapti.
Amerikalik afsonaviy boksçi Floyd Meyvezer özbekistonlik murabbiy Rahmatjon Rözioxunovni jamoasida işlaşga taklif etgan.
Bu xabarlar haqida >>> batafsil.
23 sentabr
Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Qozoğiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Maminni qabul qildi.
Suriya armiyasi Halabning jangarilar tomondan egallangan hududlariga tez orada yangi hujumlarni boşlaşini e'lon qildi.
Rossiya poytaxti şarqidagi Golyanovo tumanida joylaşgan omborxonada çiqqan yonğinni öçiriş işlariga jalb etilgan öt öçiruvçilarning 8 nafari olov içida izsiz yöqoldi.
19 sentabr kuni yuragida muammo borligi aniqlangan va 1 hafta muddatga ta'tilga çiqib, Turkiyada qolgan Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev davolaniş kurslarini Moskvada ötaydi.
Bu xabarlar haqida >>> batafsil.
24 sentabr
“Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi Qonuniga kiritilgan özgartiş va qöşimçalarda respublika fuqaroligidan mahrum böliş hollariga oydinlik kiritildi.
2016 yil 23 sentabrda Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunning 21-moddasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskada bölganlar öz qarindoşlarini propiskaga qöyişlari mumkin yoki mumkin emasligiga oydinlik kiritilgan.
Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga, Yöl harakati qoidalariga rioya qilmagan piyodalarga ma'muriy jazolarni tayinlaşni kengaytiruvçi töldirişlar kiritildi.
Pavel Durovning Telegram messenjerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qöşiş funksiyasi paydo böldi.
Bu xabarlar haqida >>> batafsil.











