Jahon | 07:42 / 15.11.2016
6258
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri Ummonga xusiylar bilan muzokara olib borgani keldi

Foto: © AP

AQSh davlat kotibi Jon Kerri 14 noyabrda Ummon sultonligiga yetib keldi. Kerri bu yerda Yamanda hokimiyatni egallab olgan "Ansor Alloh" shialar harakati vakillari (xusiylar) bilan Yaman bo‘yicha tinchlik muzokaralarini faollashtirishni muhokama qiladi. Bu haqda Ummon yangiliklar agentligi ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Yaman ixtilofini hal qilish uchun Kerri Ummon sultoni Qobus va tashqi ishlar vaziri Yusuf ibn Alaviy bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Kutilishicha, AQSh davlat kotibi xusiylarning rasmiy vakili Muhammad Abdulsalom bilan ham uchrashadi.

Yamandagi fuqarolik urushi 2014 yildan beri davom etib kelmoqda. Bu yerda xusiylar prezident Abd Rabbo Mansur Xodiy hukumatiga qarshi isyon ko‘targan. Harbiy harakatlar natijasida isyonchilar mamlakat poytaxti Sanoni egallab, bu yerda o‘z hukumat idoralarini tashkil etganlar. Xodiy esa Ar-Riyodga qochishga majbur bo‘lgan.

 

Mavzuga oid