Turkiya qurolli kuçlari 15 iyuldagi davlat töntaruv harakatidan söng qisqargan harbiylari safini kengaytiriş maqsadida 30 159 nafar yangi xodimni işga oladi. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi. 

Mudofaa vazirligi çorşanba kuni yangi personalni işga oliş jarayonini tezlaştiriş haqida ma'lum qildi. Mazkur sohadagi zarur şartlarni bajargan universitet va kollej talabalari Turkiya harbiy akademiyasi va Turk harbiy-dengiz akademiyasiga qabul qilinadi. 

Rejaga muvofiq, 322 nafar ofitser, 3 547 nafar unter-ofitser, 7 159 nafar ixtisoslaşgan serjant va 11907 nafar professional askar işga olinadi, şuningdek turk harbiy akademiyasi safiga 3 491 nafar hamda oliy harbiy ta'lim muassasalariga 1 811 nafar yangi talaba kelib qöşilişi rejalaştirilgan.