Umumqabul qilingan tasavvurlarga qaramasdan, aksariyat yulduzlar şarsimon körinişdan ança farqlanadi. Biroq bu gal teleskoplar bu qoidadan istisno böluvçi yulduzni qayd qildilar.
Germaniyalik olimlar Yerdan 5 ming yoruğlik yili uzoqligida joylaşgan sekin aylanuvçi yulduzning yapaloqligini (siqilganini) ölçay olişdi. U rekord darajada kiçik çiqdi – yulduzning qutb radiusi ekvatorial radiusiga bor-yöği 500 mingdan bir uluşga kiçik ekanligi aniqlangan. Yulduz astronomlar uçun kutilmaganda odamzotga ma'lum bölgan samo jismlaridan eng dumaloği bölib çiqdi. Bu haqdagi maqola Science Advances naşrida çop etildi.

Ma'lumki, markazdan qoçuvçi kuç istalgan aylanuvçi jismni yuqorisidan va tagidan yapaloqlaydi. Şuning uçun qutbda Yerning markazidan uning sirtigaça masofa ekvatordagidan 21 km ga kiçik. Şu sababli şimoliy kosmodromlardan uçiriluvçi "Proton" raketasi orbitaga ekvatordan uçgandagidan ança kamroq yuk olib çiqadi. Qutblarda nafaqat Yer, balki Quyoş va boşqa yulduzlar ham yapaloqlangan. Boşqa tizimlarda vaziyat qanday ekanligini aniqlaş uçun nemis astrofiziklari astroseysmologik ma'lumotlardan foydalanişdi. Astroseysmologiya yulduzlar sirti tebranişlarini tahlil qiladi. Har bitta bunday tebraniş yulduzning yoruğlanişi biroz özgartiradi.
Olimlar kuzatiş uçun radiusi 1,5 mln km keladigan va Quyoşdan ikki marta oğirroq Kepler 11145123 yulduzini tanlaşdi. Olimlar yulduzning qutb va ekvotarial radiusidagi aniq farqni biliş uçun uning ekvatoridagi quyi kengliklardagi tebranişlarga ta'sirçanroq bölgan yoruğlik tebranişlarini tanlab oldilar. Söngra ular yuqori kengliklardagi jarayonlarga ta'sirçanroq bölgan tebranişlar çastotasi bilan taqqoslandi. Quyi kengliklardagi tebranişlarga köra yulduzning ekvatorial radiusi, yuqori kengliklardagi tebranişlariga köra esa qutb radiusi aniqlandi.
Olimlar 4 yil içidagi ma'lumotlardan foydalanib, bunday katta masofa uçun katta ölçaş aniqligiga erişa oldilar. Ma'lum bölişiça, yulduzning qutb radiusi uning ekvatorial radiusinikidan bor-yöği 3 km ga kiçik bölib çiqdi. Bu yulduz juda ulkan bölib, köndalang kesimi 3 mln km ga teng, ya'ni Quyoşdan 2,24 marta katta. Bunday katta ölçamlarga nisbatan 3 km ga yapaloqlanganlik juda kiçik miqdordir. Taqqoslaş uçun şuni aytiş mumkinki, Quyoş bu yulduzga nisbatan kattaroq yapaloqlikka ega. Uning qutb radiusi ekvatorial radiusinikidan 10 km ga kiçik.








