MTS guruhining (Rossiya, Ukraina, Armaniston, Turkmaniston va Belorussiyada öz kompaniyalariga ega) 2016 yil III çoragidagi daromadi ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,3 foizga pasayib, 112,2 mlrd rublni taşkil etgan. Ta'kidlanişiça, uning daromadining pasayişi 2011 yildan beri ilk marotaba qayd etilmoqda. 

Bunda, MTS-Rossiya daromadi 0,8 foizga pasayib, 103,1 mlrd rubln hosil qilgan. Kompaniyaning mobil xizmatlarni taklif qilişidan körgan daromadi 2,7 foizga tuşgan. Ammo, kompaniyaning uçinçi çorak böyiça mijozlari soni 2,7 foizga ösib, 79 mln kişiga yetgan. 

Bundan taşqari, Özbekistondagi qöşma korxona tarkibidan çiqişi ham kompaniyaning moliyaviy körsatkiçiga salbiy ta'sir etgan. 

Kompaniyaning joriy yil 9 oyidagi pul tuşumi 2,8 foizga ösib, 324,1 mlrd rublni taşkil etgan. MTSning şu muddatdagi sof daromadi 14,7 foizga qisqargan va 36,1 mlrd rublni taşkil etgani xabar qilinmoqda. III çorakdagi sof foyda yillik körinişda 12,8 foizga pasaygan va 12,6 mlrd rubldan iborat bölgan.