Yaponiyaning Panasonic korporatsiyasi yil oxirigaça yapon tilidan uç tilga avtomatik ravişda tarjima qila oladigan megafonni taqdim etişni rejalaştirayapti. Gap, ingliz, xitoy va koreys tili haqida bormoqda, deb xabar qilgan Kiodo axborot agentligi.
Işlab çiqaruvçilarning fikriça, uşbu qurilmalar odamlar gavjum böladigan joylarda juda foydalidir. Metro bekatlari, şahar köçalaridagi turli anjumanlar çoğida u egasiga yordamçi bölişi şubhasiz.
Megafon xotirasiga dastlab, eng keng tarqalgan 300ga yaqin söz kiritiladi, Xususan: "ehtiyot böling", "poyezdning jönaşi keçikadi" kabi sözlar. Undagi mikrofon tört tildan birida sözlayotgan inson nutqini şovqin kuçli bölgan holatlarda ham taniy oladi. Foydalanuvçi megafonni qöllaş çoğida internetdan qöşimça sözlarni yuklab olişi yoki özi mustaqil kiritişi mumkin.
Kompaniya keyinçalik zaruratga köra, boşqa tillarni ham kiritişni rejalaştirmoqda.












