Kanadalik David de Myul internet tarmog‘iga kishini ta'sirlantiruvchi video joyladi. Unda bahaybat oq ayiq zanjirlangan eskimos itining boshini silayotgani aks etgan. Bu haqda CBC xabar bermoqda.
De Myul uncha katta bo‘lmagan firmada gidlik qiladi va sayohlarga ayiqlar hamda boshqa jonivorlarni uchratish mumkin bo‘lgan joylarni ko‘rsatadi. U rolikni Kanadaning Manitoba provinsiyasida suratga tushirgan. De Myulning so‘zlariga ko‘ra, u o‘rtada jang bo‘lishini kutgan, ammo buning o‘rniga mana shunday ta'sirli video olishga muvaffaq bo‘lgan.
Video: Gudzon daryosi qirg‘oqlarida oq ayiq itning boshini mehr bilan siladi
16:10 / 18.11.201614 1821 min







