AQŞ prezidenti Donald Tramp Özbekistonga taşrif buyurişi istisno qilinmaydi. Bu haqda Trampning global hamkorlik böyiça maxsus vakili Paolo Zampolli Toşkentga taşrifi çoğida «Özbekiston 24» telekanali «Tahlilnoma» dasturiga bergan intervyusida aytib ötgan.

«U Özbekistonga kelişni xohlaşidan xabarim bor. Prezidentning iş jadvali nihoyatda tiğiz. Ammo u menga Özbekistonga taşrif buyuriş istagi borligini aytgan. Men ham bu masalani doimo ilgari suraman. Demak, bir kun kelib Özbekistonga albatta taşrif buyuradi», – degan u.

Zampolli Trampning Özbekiston prezidenti bilan aloqalari yaxşiligini qayd etgan.

«Örtada döstona va işonç asosiga qurilgan munosabatlar şakllangan, ular muntazam ravişda telefon orqali muloqot qilişadi», – deydi u.

Şu bilan birga, ehtimoliy taşrif sanasi böyiça aniq muddat yöq.

Zampolli bu taşrifni taşkillaştiriş ustida işlayotgani va bu imkon qadar tezroq amalga oşişiga umid bildirişini qöşimça qilgan.

Şavkat Mirziyoyev va Donald Tramp örtasidagi sönggi telefon muloqoti 7-avgust kuni bölib ötgandi. Suhbat yakunida Mirziyoyev Trampga özi uçun qulay vaqtda rasmiy taşrif bilan Özbekistonga kelişni taklif qilgandi.

Rubioning taşrifi kutilmoqda

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio oktabr oyi örtalarida Özbekistonga kelişi kutilmoqda. U Samarqandga keladigan 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaga rahbarlik qiladi.

AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorning sözlariga köra, taşrif AQŞ va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi strategik şeriklikni rivojlantiriş, şuningdek, diplomatik va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan.

Taşrif davomida Marko Rubio Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirlari bilan bir qatorda, «C5+1» şaklidagi TIV rahbarlari uçraşuvida qatnaşadi.

AQŞ davlat kotibi Markaziy Osiyoda savdoni kengaytiriş, xususiy investitsiyalarni rağbatlantiriş va iqtisodiy modernizatsiyani qöllab-quvvatlaş masalalarini muhokama qiliş uçun Özbekiston rahbariyati va mintaqa davlatlaridagi hamkasblari bilan uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.