Yil boşidan beri AQŞ eng boy texnologik milliarderlari öntaligining umumiy boyligi sun’iy intellektga sarmoya kiritiş orqali 550 milliard dollarga oşdi. Gap ma’lumotlarni qayta işlaş markazlarini quriş, ilovalarni işlab çiqiş, çiplar va boşqa mahsulotlarni yaratiş haqida ketmoqda, deb yozdi Financial Times.

AQŞ texnologik milliarderlari röyxatini Tesla, Space X asosçisi va xAI egasi Ilon Mask boşqarmoqda. Uning boyligi yil boşidan buyon 49 foizga ösib, 645 milliard dollarni taşkil etdi. Forbes hisob-kitoblariga köra, bu yil sun’iy intellekt sohasidagi işlanmalar tufayli butun dunyo böylab 500 dan ortiq yangi odamlar milliarderlar röyxatiga kiritildi.

Sun’iy intellekt sohasida 2025 yilda rekord darajadagi faollik kuzatildi, deb yozdi naşr. Investorlar bu sohaga 200 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Forbes milliarderlari röyxatiga 2025 yil oxirida butun dunyodan 3028 kişi kiritilgan - bu ötgan yilga nisbatan 247 kişiga köp.

Dunyodagi eng boy odamlarning umumiy boyligi 2025 yilda rekord darajaga yetdi - 16,1 trillion dollar. Bu 2024 yilga nisbatan qariyb 2 trln dollarga köp. Milliarderlar soni böyiça yetakçilikni AQŞ (902 kişi) uşlab turibdi, undan keyingi örinlarni Xitoy (516) va Hindiston (205) egallagan.