Qiş fasli kirib kelişiga bir neça kun qolganda yurtimizda uning körki bölgan oppoq qor yoğmoqda. Köçalar, daraxtlar oppoq libosga burkangan. Poklik ramzi hisoblanmiş oppoqqina qor keçki Toşkentni öz oğuşiga olgan. Tabiat ham bu poklik ila özida yiğilib qolgan ğuborlardan foriğ bölmoqda. 

Bu qorni körib nogoh bolalikdagi şöxliklar yodingga tuşib ketadi: qölqoplar, etiklar jiqqa suv bölgunça, qöllar sovuqdan qizarib, heç narsani sezmaydigan darajaga kelgunça döstlar bilan qorböron öynaş, qorbobolar yasaş, sirpançiqlar uçiş. Ha, buning özgaça gaşti bor.