Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Isroil bilan munosabatlar normallaşganini qayd etdi, biroq Isroilning falastinliklarga nisbatan siyosatiga tanqidiy qaraşlaridan voz keçmadi va Yaqin Şarqda tinçlik örnatiş jarayoniga isroilliklar terrorçilik taşkiloti deb hisoblaydigan XAMAS harakatini qöşişni taklif qildi.
Turkiya prezidenti bu haqda Isroilning ikkinçi telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi. Erdöğanning bu intervyusi ikki davlatning ham yaqinlaşayotgani, ham ular orasida ziddiyatlar saqlanib qolinayotganining navbatdagi isboti böldi.
"Men işonamanki, biz munosabatlarni normallaştirişda ança ilgariladik", deb aytgan Erdöğan. Erdöğanning sözlari subtitrlar yordamida yahudiy tiliga tarjima qilib turilgan. Erdöğanning intervyusi 21 noyabrda keçki payt namoyiş qilingan.
Bir neça oy oldin Turkiya va Isroil 6 yillik özaro uzoqlaşişdan keyin munosabatlarni normallaştiriş haqidagi kelişuvni imzolagandi.
Erdöğan XAMAS islom harakatini terrorçilik taşkiloti deb ataşdan boş tortmoqda va uning vakillari bilan muntazam aloqa qilib turişini aytgan. "Men bu masalalarda juda oçiqman, menda yaşirinça maqsad yöq. Mening istagim şuki, biz bu mintaqada tinçlikka erişişimiz lozim", deb aytgan Erdöğan.
Erdöğan şuningdek Isroil Quddusning tarixiy markazida joylaşgan al-Aqso masjidi ustidan nazoratni öz qöliga olmoqçiligini aytdi. "Quddus uç din uçun muqaddas joydir va hamma buni hurmat qilişi lozim", degan Erdöğan. Isroil bu ayblovlarni inkor qilmoqda.












