Butunjahon dopingga qarşi kuraş agentligi rahbari Kreyg Ridi va boş direktori Oliver Niggli Rossiyaning taşkilotdagi taqdirini muhokama qilişdi. Suhbat Şotlandiyaning Glazgo şahrida, WADA muassislari yiğilişi sönggida bölib ötgan, deb xabar qilmoqda RT telekanali.
Bu suhbatning öziga xos jihati, ikki yuqori lavozimli mulozimning muloqoti “yaşirinça” bölib ötganidadir. Majlis tugaganidan söng, Kreyg Ridi va Oliver Niggli qarşisida turgan mikrofonlarni öçirişni unutib, suhbatlarini davom ettirişgan. Boş direktor Ridining Rossiya bilan hamkorlik borasida qaraşini bilişga qiziqqan. Şundan söng, dopingga qarşi kuraş xalkaro agentligi rahbarlari örtasida quyidagiça suhbat bölib ötgan:
Niggli: Biz Rossiya bilan işlayotganimizni ma'lum qilsak töğri bölar edi. Ammo, biz ularni qaytariş uçun şoşayotgandek taassurot uyğotmasligimiz kerak.
Ridi: Albatta, albatta.
Niggli: Öylaymanki, biz biroz kutişimiz kerak, (…) biz ularning safimizga qaytişini xohlaymiz. Ammo istalgan şartlarda emas. Bu borada ehtiyotkor bölamiz.
Ridi: Ha, men Smirnovga kuçliroq turtki berişim mumkin.
Niggli: Ha, lekin juda ham emas...
Ridi: Betaraf örinni egallaymiz.
Niggli: Ular qaytişmasa, unçalik ham xafa bölmaymiz. Biroq, hammasini töğri bajarsak, ular qaytişlari mumkin. Biz IAAF (Xalqaro yengil atletika federatsiyasi) va IPC (Xalqaro paralimpiya qömitasi) bilan bu masalada işlayapmiz.
Eslatib ötamiz, 2015 yil noyabrida WADA’ning mustaqil komissiyasi Rossiya yengil atletikasidagi doping bilan boğliq işlar yuzasidan suriştiruv olib borgan edi. Uning hisoboti Rossiya yengil atletika terma jamoasini barça xalqaro öyinlardan çetlatişga sabab bölgandi. Rossiya dopingga qarşi agentligi (RUSADA) faoliyati esa WADA intizomiga mos kelmasligi ta'kidlangandi.
2016 yilning 18 iyulida Butunjahon dopingga qarşi kuraş agentligi maxsus komissiyasi rahbari Riçard Maklaren 2014 yilgi Soçi Olimpiadasida dopingga qarşi qoidabuzarliklarga oid tekşiruv natijalarini e'lon qilgaç, XOQ Rossiya yengil atletika va oğir atletika terma jamoalarini Rio-2016 yozgi Olimpiya öyinlariga kiritmagandi. Keyinroq, Xalqaro paralimpiya qömitasi Rossiya paralimpiya termasini butunlay diskvalifikatsiya qilişga qaror qilgan edi.








