Peugeot kompaniyasi reystayling qilingan 301 modelini taqdim qildi. Modelning taşqi körinişiga özgartiriş kiritildi va yangi multimedia majmuasi bilan jihozlandi.

Sedan avvalgi variantidan özgaça radiator panjarasi, boş yoruğlik çiroqlarining özgaça körinişdagi faralari, özgaça bamper va ğildirak disklari bilan farqlanadi.

Peugeot 301 uçun 7 dyuymli sensorli ekranga ega hamda Apple CarPlay, Android Auto va MirrorLink interfeyslarini qöllab-quvvatlovçi yangi axborot-köngiloçar majmua işlab çiqildi. Bundan taşqari, sedan uçun uç ölçovli xaritalarga ega hamda tirbandliklar va yoqilği narxlari haqida dolzarb ma'lumot oliş imkoniyatini beruvçi TomTom navigatsion tizimi taklif etiladi.

Model uçun asosiy motor 82 ot kuçiga ega 3 silindrli motor böladi va u 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi. Şuningdek, 115 ot kuçiga ega yana bitta benzilli, 92 va 100 ot kuçiga ega ikkita dizelli dvigatel ham taklif qilinadi.  

Maşina jihozlari orasida ABS tizimi, barqarorlaştiriş va favqulodda tormozlaş tizimi, şinalardagi bosimni nazorat qiliş funksiyasi, orqa köriniş kamerasi bor.

Yangilangan Peugeot 301 2017 yil 1-çorakdan sotila boşlanadi. Uning narxi keyinroq ma'lum qilinadi.