«Real» hujumkor yarim himoyaçisi Garet Beyl töpiq paylarini çözib olişi natijasida orttirib olgan jarohatini operatsiya qildiradigan böldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga köra, uelslik futbolçi 29 noyabr kuni Londonda jarrohlik amaliyotini ötkazadi.

«Real» Beylning qaçon safga qaytişini aytmayapti. Biroq Marca naşri bergan xabarga köra, futbolçi taxminan 3 oy mobaynida safga qayta olmaydi.

Hozirça, Beylning bahorda safga qaytişi kutilmoqda.