24 noyabr kuni Inha universitetida davlat oçiq ma'lumotlari tizimida ilova-dasturlari,  xizmatlar va vizualizatsiya yeçimlari işlab çiqişga yönaltirilgan  MIT.UZ Open Data Challenge 2016 tanlovining oçiliş marosimi bölib ötdi. 

Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi,  BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi, “Kamolot” YoIH, “Elektronhukumat” tizimini rivojlantiriş markazi, Uzinfokom markazi hamda Inha universiteti hamkorligida ötkazilmoqda. 

BePro dasturçilar tayyorlaş markazi hamda Nestle kompaniyasining yurtimizdagi bölimi tadbir homiylari Nestle sanalişadi.

Tadbirning rasmiy oçiliş marosimidan söng iştirokçilar e'lon qilingan nominatsiyalari böyiça 2 guruhga bölinişdi. “Eng yaxşi ijtimoiy loyiha” va “Eng yaxşi biznes loyiha” nominatsiyalari ğoliblari Sarvar Abdullayevning “Ma'lumotlarni Python tilida tahlil va vizualizatsiya qiliş ”treningida qatnaşişdi. Parallel tarzda “Vizualizatsiya böyiça eng yaxşi yeçimlar” iştirokçilar iuçun ITMO universiteti dotsenti Irina Radçenko iştirokida seminar uyuştirildi.

Kunning ikkinçi yarmida “Xakatonni qanday yutib oliş mumkin?” taqdimoti orqali Sarvar Abdullayev özi iştirokidagi xalqaro xakaton tanlovlari tajribasidan kelib çiqqan holda bu kabi tanlovlarning ahamiyati töğrisida gapirar ekan, yoşlarga hakamlar oldida şaxsiy ğoyalarni qay yösinda taqdim qiliş böyiça tavsiyalarini berdi. 

Hamkorlikdagi seminar-sessiya Irina Rodçinkoning “Oçiq ma'lumotlar va ular bilan işlaş”, Xalqaro tajriba” hamda “Oçiq ma'lumotlar böyiça Rossiya xakaton tajribasi” mavzusidagi taqdimot bilan davom etdi. 

Şu bilan MIT.UZ Open Data Challenge 2016 xakatonining birinçi kuni yakuniga yetdi.

Kutilayotgan 3 kunlik seminarlardan söng mobil va vebilovalar, infografika, media loyiha va maqolalarning boy omboriga ega böliş mumkin. 

Eng yaxşi loyihalar hakamlar tomonidan baholanib, ğoliblar öz loyihalarining istiqboli uçun moliyaviy va ekspertlar yordamiga ega bölişadi. 

Tadbirning tantanali taqdirlaş marosimi 12 dekabr kuni Yoşlar ijod saroyida taşkil etiladi.