«Arsenal» jamoasi yarim himoyaçisi Aaron Remsi PSJ hujumçisi Edinson Kavani bilan munozara vaqtida uning muşt bilan bergan zarbasi yuziga tegmasada, yuzini uşlab joni oğriyotgandek şikoyat qildi.

Bu holat tasvirlangan videoda urugvaylik hujumçining muşti Remsining kökragi böylab sirğanganini, uelslik futbolçi esa aktyorlik mahoratini işga solganini köriş mumkin.

Öyin hakami birinçi bölim yakunidagi bu holatga e'tibor qaratmagan va futbolçilarga jazo qöllamagan.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolçisi, ayni vaqtda «Bi-Bi-Si» telekanalida ekspert sifatida işlayotgan Gari Lineker uelslik futbolçining harakatlarini tanqid qilgan.

«Senmisan bu? Jiddiymi, Aaron?», — deya yozgan u öz tvitterida.

Çempionlar ligasi guruh bosqiçining 5-turi doirasidagi «Arsenal» va PSJ uçraşuvi 2:2 hisobida yakunlangandi. Öyindagi birinçi golni Kavani urgan. Ikki jamoa ham guruhdan çiqiş masalasini hal etib bölgan.