25 noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Davr Press” naşriyot-matbaa uyi bilan hamkorlikda naşr etilgan Çexiyada tuğilib nemis tilida ijod qilgan adib Frants Kafkaning “Ota hukmi” nomli kitobi taqdimoti bölib ötdi. Bu haqda "Kun.uz"ga Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi Axborot-huquq bölimi xabar qildi.

Istiqlol yillari Özbekistonda ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini yanada oşiriş jarayonida yoş avlodni jahon adabiyotining sara asarlari bilan yaqindan taniştiriş, umumbaşariy qadriyatlarni tarğib etuvçi ijod mahsullarini xalqimizga yetkaziş, ularni dunyo yozuvçi va şoirlari ijodidan keng bahramand etişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Binobarin, yoşlarning badiiy asarlarni köp hamda muntazam mutolaa qilişi ularning milliy va umumbaşariy madaniyatga, yuksak manaviy qadriyatlarga munosib tarzda kamol topişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz boşqa barça sohalarda bölgani kabi, madaniy-ma'rifiy sohada ham dunyoning köplab davlatlari bilan yaqin döstlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda.
Taqdimot marosimida özbek kafkaşunoslari – yozuvçi va şoirlar, tarjimonlar, adabiyotşunos olimlar, nemis tili va adabiyoti böyiça mutaxassislar, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik institutining professor-öqituvçilari va nemis tili yönalişi böyiça tahsil olayotgan talabalari hamda kitobxonlar, şuningdek Germaniya, Isroil va Çexiya davlatlarining Özbekistondagi elçixonalari, Toşkentdagi Gyote instituti, Nemis xalq universitetlari uyuşmasining Özbekistondagi filiali (DVV), Fridrix Ebert nomidagi fondning Özbekiston va Qozoğistondagi vakolatxonasi, Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyo böyiça vakolatxonasi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va “Özbekiston-Germaniya” döstlik jamiyati vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
XX asr jahon adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri, taniqli adib Frants Kafka (1883-1924) ijodi özbek kitobxonlarida katta qiziqiş uyğotgani bejiz emas. Adibning roman, qissa va hikoyalarida öz davrining ötkir huquqiy, ijtimoiy muammolari, inson ruhiyatining murakkab qirralari, oddiy odamlarning fojiaviy qismati yuksak mahorat bilan betakror uslubda, ta'bir joiz bölsa, kafkaçasiga tasvirlangan.
Istiqlol şarofati tufayli özbek adiblari va tarjimonlari tomonidan jahon adabiyotining nodir asarlari qatori Kafkaning kitoblari ham özbek tiliga tarjima qilinib, keng kitobxonlar etiboriga havola etila boşlandi. Şu bilan birga, keyingi davrda özbek adabiyotida öziga xos “Kafkaşunoslik” maktabi şakllanganini alohida qayd etiş lozim.








