Agar ertaga lotereyada yirik miqdordagi pul mukofotni yutib olsangiz, uni nimaga sarflaysiz? Xayolingizga heç bir narsa kelmayotgan bölsa, Trendymen oçiq sotuvdagi quyidagi buyumlar röyxati bilan tanişib çiqişni tavsiya qiladi. Bu buyumlar juda qimmatbaho bölsa-da, har biriga xaridor topiladi. 

Şaxmat töplami: Charles Hollander


Narxi: 600,000 dollar
Oq tilladan yasalgan şaxmatni hozirning özidayoq işlab çiqaruvçining sayti orqali buyurtma qilişingiz mumkin - yetkazib beriş mutlaqo bepul! Agar siz şaxmatga u qadar qiziqmasangiz, bu buyumning yarim million dollardan ortiq baholanişi sizni hayratga solişi mumkin. 

Burger: Le Burger Extravagant


Narxi: 295 dollar
Nyu-Yorkdagi «Serendipity 3» kafesi uşbu oddiy burgerni 295 dollardan sotadi. Burgerga buyurtma beriş heç qanday qiyinçilik tuğdirmaydi. 

Avtomobil: 1962 Ferrari 250 GTO


Narxi: 35 000 000 dollar
1962 yilgi kolleksiya avtomobili - Ferrari 250 GTO bozorda örtaça 35 million dollarga sotiladi. Maşina holatiga qarab narx kötarilişi yoki pasayişi mumkin, biroq fakt şundaki, Ferrari 250 GTO - sayyoramizdagi eng qimmatbaho avtomobil. 

Fotoapparat: Susse Freres


Narxi: 775,000 dollar
1839 yili Parij fotoatelesi uçun buyurtmaga işlangan Susse Freres dagerrotip kamerasi 2007 yilda kimoşdi savdosida rekord narxga sotilgan - 775 000 dollar. Bu uşbu noyob kamerani rasman tarixdagi eng qimmatbaho fotoapparatga aylantirdi.