Kolumbiyada qulab tushgan, bortida 81 kishi bo‘lgan samolyotga oid fotosuratlar e'lon qilindi.

Suratlar 360 Radio Colombia radiostansiyasi tomonidan taqdim etilgan.

Bundan oldingi xabarlarda mahalliy shifoxonaga halokatdan omon qolgan 6 kishi keltirilgani aytilgandi.

29 noyabrga o‘tar kechasi Boliviyadan Kolumbiyaga uchib kelayotgan va bortida 81 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot quladi. Yo‘lovchilar orasida Braziliyaning «Shapekoense» klubi futbolchilari bo‘lgan.

«Shapekoense» futbolchilari 1 dekabr kuni Kopa Sudamerikano musobaqasi doirasida «Atletiko Nasonal» klubiga qarshi maydonga tushishi kerak bo‘lgan.