Britaniyaning Autocar naşri Volkswagen’ning yangi modeli – Arteon haqida birinçi tafsilotlardan xabardor böldi. Bu yangi model kupesimon Passat CC sedani örniga keladi. Yangi model BMW 4-Series Gran Coupe modeliga raqobatçilik qiladi.
"Arteon" MQB modul platformasining uzaytirilgan varianti negizida quriladi. Model SS’dan (gabarit uzunligi 4850 mm) 50 mm ga uzunroq böladi, yukxonasi hajmi 1700 litrga yetadi. Bundan taşqari, maşina orqa yölovçilar uçun şinamroq qilib işlanadi.
Maşina dvigatellari qatoridan "Passat" modeliga örnatiluvçi 4 silindrli dvigatellar hamda 280 ot kuçiga ega turbomotor joy oladi. Dvigatellar 7 poğonali robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi.
Yangi modul 3D-effektiga ega yoruğlik-diodli yoruğlik texnikasi, raqamli asboblar paneli, maşinani özi tormozlab, özi tezlaştiruvçi ilğor adaptiv nazorat, yölda qatorlar böylab harakatni nazorat qiluvçi va polosa böylab harakatni uşlab turuvçi tizimlar bilan jihozlanadi. Bu tizimlar deyarli yarimavtonom harakatni ta'minlaydi.
Avvalgi Passat CC "Folksvagen"ning Yevropadagi eng nomaşhur modellaridan biri bölgan. 2015 yilda bu avtomobildan bor-yöği 4 ming dona sotilgan. Yangi model çiqarilişi bilan kompaniyada vaziyatni töğrilaşga va bu avtomobil yaxşi savdo körsatkiçlariga erişişiga umid qilinmoqda.
Volkswagen Arteon haqidagi birinçi ma'lumotlar 28 noyabrda uning birinçi tasviri çop etilganda paydo böldi. Maşinaning birinçi taqdimoti 2017 yilgi Jyenevadagi motorşouda ötkaziladi.








