Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ŞHT Boş kotibi Raşid Alimov bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston TIV saytida ma'lum qilindi.
Raşid Alimov 4 dekabrda bölib ötadigan Özbekiston Prezidenti saylovida iştirok etiş uçun ŞHT Kuzatuvçilar missiyasiga boş bölib Özbekistonga taşrif buyurgan.
Suhbat çoğida taşkilotga a'zo davlatlar va ŞHT Kotibiyati vakillaridan iborat Kuzatuvçilar missiyasi faoliyatining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, ŞHTni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari hamda iyun oyida Toşkent şahrida bölib ötgan Davlat rahbarlari kengaşi qarorlarining ijro jarayoni ham muhokama qilindi.
2001 yilda taşkil etilgan Şanxay hamkorlik taşkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston kiradi. 2015 yilda ŞHTga Hindiston va Pokistonni qabul qiliş jarayoni işga tuşgan. Armaniston, Ozarboyjon, Kambodja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka hamkor mamlakatlar hisoblanadi.







