XIX va XX asrlar davomida ixtiro qilingan samolyotlar, şubhasiz, yölovçi taşişda ma'lum bir inqilobga erişdi. Fuqarolik aviatsiyasi ötgan 100 yillikning örtasida zamonaviy çizgilarga ega böldi va öşandan buyon bir manzildan boşqasiga yetiş uçun talab qilinadigan vaqt keskin qisqardi. Şunga qaramay, uzoq masofaga uçiş hali-hanuz köp vaqt talab qiladi. Biroq tovuşdan tezkor samolyotlarni ekspluatatsiyaga kiritiş orqali köp narsa özgarişi mumkin. Ana şunday samolyotlardan birining prototipi yaqinda Boom Technology kompaniyasi tomonidan namoyiş qilindi. Bu haqida Hi-News naşri ma'lum qildi.
Tovuşdan tez uçişga qodir yölovçi samolyotini işlab çiqariş ğoyasi ançadan beri havoda muallaq turgandi, bunday maşinalar hattoki qöllangan ham: bu maşhur Britaniya Konkordi va Rossiyaning Tu-144 uçuvçi qurilmalaridir. Afsuski, bunday samolyotlar yetarliça xavfsizlik bilan ta'minlaşning uddasidan çiqmadi va ularga xizmat körsatiş juda qiyin keçdi, şuning uçun ular ekspluatatsiyadan qaytarib olindi.

Boom Technology kompaniyasi hozirgi vaqtda XB-1 Supersonic Demonstrator samolyoti prototipini sinovdan ötkazmoqda. Manbaga köra, uşbu uçuvçi qurilma xavfsizlikning barça standartlariga javob beradi va unga xizmat körsatişda muammolar bölmaydi.
Prototip (mualliflar uni hazillaşib Baby Boom deb ataşadi) uçta General Electric J85-21 dvigateliga ega. Samolyot fyuzelyaji yengil uglerod tolalardan iborat. Avialayner dizayni uçun NASA, Boeing va SpaceX mutaxassislari javobgar.
Işlab çiqaruvçilarning ta'kidlaşiça, zamonaviy texnologiyalarni qöllaş hisobiga XB-1 tezligi soatiga 2335 kilometrni taşkil qiladi. Bu esa har qanday zamonaviy avialaynerdan taxminan 3 karra köp demakdir.
XB-1'ning tajriba namunasi 3:1 kölamida qurilgan bölib, sinov vaqtida bortda uç kişidan iborat ekipaj joylaşadi: ikki nafar uçuvçi va bir muhandis. Ilk tovuşdan tezkor parvoz 2017 yilning oxiriga möljallangan. Töliq kölamli samolyot 55 kişini taşiy oladi, ekipaj esa 6 kişidan iborat böladi. Avialayner parvozining közlangan masofasi 16 700 kilometrni taşkil qiladi. Qurilma bilan yaqindan tanişiş uçun quyida taqdim etiladigan videoni tomoşa qilişingiz mumkin.










