Amerikaning Boom Technology kompaniyasi XB-1 Supersonic Demonstrator reaktiv yölovçi samolyotining prototipini ommaga namoyiş etdi. Kompaniya hisob-kitoblariga köra, yangi havo kemasi özidan avvalgi «Concord» samolyotidan 10 foizga tezroq böladi.
Loyihani britaniyalik milliarder Riçard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi mooliyaviy va texnik jihatdan qöllab-quvvatlamoqda. Unga allaqaçon Baby Boom deya nom berilgani ham xabar qilinmoqda.
Prototipga köra, samolyot kompozit materiallardan tayyorlanganini köriş mumkin. Unga 40 nafar yölovçiga möljallangan örindiq bir qator qilib, darça yoniga örnatilgan. Işlab çiqaruvçilarning uqdirişlariça, Nyu-York va London şaharlari orasidagi masofai XB-1 Supersonic Demonstrator vositasida 3,5 soatda bosib ötiş mumkin.
Uşbu samolyotda ikki tomon uçun çipta narxi 5000 dollar atrofida bölişi aytilmoqda. Ilk parvozlarni 2017 yilda boşlaş rejalaştirilgan. Yölovçilarga bevosita xizmat körsatiş 2020 yildan yölga qöyiladi.






















