Xitoyning Bohai Commodity Exchange kompaniyasi oçiq savdolarda Ukraina qayta quriş va taraqqiyot bankining 99,9 foiz aksiyalarini xarid qildi. Ular davlatga tegişli edi, deb xabar qiladi Ukraina davlat mol-mulk jamğarmasi matbuot xizmati.

"Tanlovda iştirok etiş istagini bir qatnaşçi bildirgani tufayli bank boşlanğiç narxda – 82,8 million griven (3,2 million dollar)ga sotib yuborildi", - deyiladi xabarda.

Jamğarma rahbari Igor Bilousning ta'kidlaşiça, bankni xarid qiliş “xususiylaştiriş jarayoniga yana köprok xitoy kompaniyalarini jalb etiş imkonini beradi”.

Ma'lumot uçun, bank Ukraina hukumati qarori bilan 2003 yilning mayida taşkil etilgan.