Zamonaviylaşgan va taraqqiy etgan jahon ahli xayoliga ham keltirmagan, köz körib, quloq eşitmagan kasalliklarga duç kelmoqda. Ularni aniqlaş, oldini oliş yoki davolaş uçun qançadan qança vaqt, kuç va pul sarflanmoqda. Ammo natijalar qoniqarli bölmayapti, bu kasalliklar töxtamayapti, aksinça, yangilari paydo bölyapti. 

Bularning sababi nimada? Avvalo şuni aytiş lozim-ki, har qanday kasallik nopoklikdan, aniqroq aytganda, nopok turmuş tarzidan paydo böladi. Buni bir şaxs misolida ham, butun bir jamiyat misolida ham köriş mumkin. Dunyo hamjamiyatini 30 yil davomida taşvişlantirib, öylantirib kelayotgan mudhiş kasalliklardan biri bu OITSdir.

Olimlar, mutaxassislar, tibbiyot sohasi vakillari mana şu illatning oldini oliş va davolaşga harçand urinmasin, OITS vaqt ötgani sayin köp tarqalmoqda, rivojlanmoqda, odamlar, jamiyatlar hayotini izdan çiqarmoqda. Uning oldini oliş va undan himoyalaniş uçun nima qiliş kerak, degan savol hamon dolzarbligiça qolmoqda.

Ummat.uz sayti orqali taqdim etilgan videorolikda “Töxtaboy” jome masjidi imom-xatibi Işoq Muhammad domla Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan bölib ötgan voqeani tilga oladilar.