Insayder Nil Potgeyter özining YouTube-kanalida yangi Samsung Galaxy A5 (2017) smartfoni videosini çop etdi. Videoda qurilmani barça tomondan köriş mumkin, şuningdek uning texnik körsatkiçlari ma'lum böldi.
A-seriyadagi smartfonlar dizayni tez-tez özgarib turadi. Yangi model, körinişiça, Galaxy S7 va S7 edge smartfonlari stiliga yaqin böladi.
Samsung Galaxy A5 (2017) silliq korpus va 2.5D-şişa bilan qoplangan ekran bilan jihozlangan. Videoda smartfonning orqa qopqoği şişa yoki polikarbonatdan işlanganini aytiş murakkab, biroq smartfon juda antiqa körinişga ega.
Smartfonning metall ramkasida dinamik uçun teşiklarni köriş mumkin, avval A-seriyadagi smartfonlarda bunday teşik bölmagan. Smartfonning yana bir jihati orqa qopqoq yuzasidan çiqib turmaydigan kamera bölib, buning hisobiga kamera unça-bunçaga tirnalmaydi.
Smartfon şuningdek quyidagi körsatkiçlarga ega: 8 yadroli Exynos 7880 çipseti, 3 Gb tezkor xotira, 32 Gb doimiy xotira, 5,2 dyuymli Super AMOLED, Full HD ekrani, USB Type-C raz'yomi.








