Özbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodi Xatamjon Ketmonov 4 dekabr kuni ovoz beriş uçun Toşkent şahri Olmazor tumanidagi 282-saylov uçastkasiga keldi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bergan.
Xatamjon Ketmonov saylov uçastkasiga öz rafiqasi bilan taşrif buyurgan. U saylov komissiyasi a'zolari, saylovçilar va kuzatuvçilar bilan suhbatlaşgan.
Nomzod saylov uçastkalariga yuzida quvonç bilan taşrif buyurayotgan kişilarni körişdan mamnun ekanini qayd etib ötgan.
Bu saylov uçastkasida 2978 kişi röyxatga olingan. Ayni paytga kelib davomat 900 kişini taşkil qilmoqda.
Bugun, 4 dekabr kuni Özbekistonda mamlakat prezidentligiga saylovlar bölib ötmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Şavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov va «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov öz nomzodini qöygan.












