Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 4 dekabr kuni soat 10:00da ovoz beriş uçun Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi 584-saylov uçastkasiga taşrif buyurdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar berdi.

Nomzod saylov uçastkasiga kelguniga qadar №5 maktabda joylaşgan bu saylov uçastkasida 411 kişi (saylov uçastkasida röyxatga olinganlarning 15 foizi) öz tanlovlarini amalga oşirib bölgandi.

Ovoz beriş jarayoni XXR va Rossiyadan kelgan xalqaro kuzatuvçilar hamda mahalliy kuzatuvçilar şohidligida ötkazilmoqda.

Saylovda 21,4 million saylovçi ovoz beriş huquqiga ega. Ovoz beriş ertalab soat 6.00da boşlandi va soat 20.00gaça davom etadi. Saylovçilarning 33 foizi ovoz berganida saylov bölib ötgan hisoblanadi. Saylov natijalari duşanba kuni ertalab e'lon qilinişi rejalaştirilgan.