Fransiyaning yangi boş vaziri sifatida ilgari mamlakat IIVda rahbar sifatida işlagan Bernar Kaznyov faoliyat yuritadigan böldi. Bu haqda Yelisey saroyida hukumat rahbari Manyuel Vals iste'foga çiqqaç, ma'lum qilingan.

Valsning hukumat rahbarligidan ketiş niyati rasmiy ravişda 5 dekabr kuni ma'lum qilindi. Öşanda u 2017 yilda ötadigan Fransiya prezidenti saylovida öz nomzodini ilgari surişini aytib ötgan. Vals hukumat rahbarligidan ketar ekan butun diqqat-eʼtiborini Sotsial partiyada böladigan praymeriz oldidan saylovoldi kampaniyasiga qaratadi. Sotsialçilar praymerizi 2017 yilning yanvar oyida ötkaziladi, deyiladi xabarda.

Vals boş vazir sifatida 2014 yilning mart oyidan iş boşlagan, Jan-Mark Eyroning örniga kelgan edi. Vals vazirlar mahkamasini ikki marta şakllantirişga ulgurgan.

Bernar Kaznyov Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Ollandning yorqin tarafdorlaridan biri hisoblanadi. U 2012 yildan boşlab hukumatning turli lavozimlarida işlab kelgan, şuningdek, byudjyetga javobgar bölgan. 2014 yilning aprel oyidan mamlakat IIV rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.