Fransiya içki işlar vazirligining yangi rahbari sifatida Milliy yiğilişdagi sotsialistlar fraksiyasi yetakçisi Bryuno Le Ru tayinlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot-xizmati xabar bermoqda.
BFM-TV telekanalining ma'lum qilişiça, barça muhim vazirlar öz joylarini saqlab qolişadi, ammo kiçik almaşinuvlar sodir böladi. Fransiya hukumatining yangi tarkibi yaqin vaqtlar içida e'lon qilinadi.
Avvalroq, Fransiyaning yangi boş vaziri sifatida ilgari mamlakat IIVda rahbar sifatida işlagan Bernar Kaznyov faoliyat yuritişi ma'lum qilingan edi.







