Kvebekning Girfalco kompaniyasi özining ilk modeli – sport elektr trisikli Azkarra suratlarini va uning texnik körsatkiçlarini e'lon qildi. U yuz kilometr/soat tezlikka erişiş uçun 3 soniyadan kamroq vaqt sarflaşi ta'kidlanmoqda. Undan atigi 100 nusxa çiqariş rejalaştirilgan, birinçi yilda 25tagina işlab çiqariladi.
Elektrokar uç xil namunada: asosiy, S tasnifidagi «kuçaytirilgan» va Unique Edition «eksklyuziv» namunasida havola etiladi. Şu bilan birga, eng arzon va qimmat variantlari örtasidagi farq juda kattadir.

Eng arzon Girfalco Azkarra modeliga 73 ot kuçiga ega, bitta elektr motor örnatiladi. Ba'zi hollarda u qisqa muddatga 102 ot kuçi bilan ta'minlay oladi. Uning vazni 480 kg bölib, 4,5 soniyada «yuz»ga çiqa oladi. Eng yuqori tezligi soatiga 200 kmni taşkil etadi.
S toifasiga jami 220 ot kuçiga ega 3ta elektromotor joylaştiriladi. Ular ayrim hollarda 306 ot kuçini bera oladi. Uning vazni 510 kg bölib, soatiga 100 km tezlikka 2,5 soniyada erişadi. Bu trisiklning maksimal tezligi soatiga 240 kmni taşkil etadi.

Ikkalasi ham bir marta quvvatlangaç, 200 kmga yaqin masofani ortda qoldira oladi. Maxsus quvvatlagiçlardan foydalanilganda, akkumulyatorlarni yarim soatda 80 foizga töldiriş mumkin.
Eng arzon Azkarra mijozga 67,5 ming Kanada dollari (50,8 ming AQŞ dollari)ga aylanadi. S tasnifi uçun 97,5 ming dollar (73,5 AQŞ dollari)ning bahridan ötiş talab etiladi. Supertrisikl savdosi 2017 yil bahoridan boşlanadi.














