Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe 2017 yil aprel oyining oxirlarida iste'foga çiqiş borasidagi talabga rozi bölmoqçi. Bu haqda hukmron “Senuri” partiyasining parlamentdagi amaldori ma'lum qilgan.

Bunday taklif hukmron partiya tomonidan prezident impiçmenti böyiça ovoz beriş örniga bildirilgan. Jarayon juma kunidayoq bölib ötişi mumkin.

Şu bilan bir qatorda, muxolif partiyalar va jamoatçilik prezident taqdirini bunday yöl bilan hal qilişga rozi bölmasligi haqiqatga yaqinroq, deb xabar qiladi TBS telekompaniyasi.

Yakşanba kuni hukmron partiyadagi norozi bölgan fraksiya impiçmentni qöllab-quvvatlaşga tayyor ekani haqida ma'lum qildi. Bunday holat partiya va muxolifat örtasida kelişuvga erişilmasa yuz berişi mumkin. 

Muxolif partiyalar esa prezident impiçmenti böyiça masalani juma kungi ovoz beriş jarayoniga qöyiş niyatida. Masala ijobiy hal etilişi uçun 300 deputatdan 200 tasi ovoz berişi lozim. Muxolif deputatlarga esa faqatgina 172 ovoz tegişli bölib, bunday vaziyatda hukmron partiya 28 nafar a'zosining ovozi hal qiluvçi örin tutadi.

Ma'lumot uçun, Janubiy Koreya prezidenti bilan boğliq siyosiy mojaro OAV Pak Kin Xe dugonasi Tsoy Sun Silga öz nutqlarini tahrirdan ötkaziş imkonini bergani haqida xabar berişgaç, boşlandi. Bunday holat ular rasman öqib eşittirilişidan avval yuz bergan.