Tarmoqda Mi-17 vertolyotining halokati tasvirlangan video paydo böldi. Uning içida mamlakatning yetti armiya harbiy birikmasidan biriga qömondonlik qilgan afğon generali Muhiddin Ğori bölgan. Halokat 29 noyabr kuni yuz bergan bölib, videoyozuv bir hafta ötib paydo böldi. General halok bölgan, uning yetti nafar hamrohi esa turli jarohatlarni oldi.

Ma'lum bölişiça, baxtsiz xodisa texnik nosozlik tufayli yuz bergan – vertolyotning orqa vinti işdan çiqqan. Avvalroq, urib tuşirilgan vertolyot uçun javobgarlikni toliblar öz böyniga olgandi. Mamlakat prezidenti Aşraf Ğani Ğorining halok bölgani qurolli kuçlar va butun mamlakat uçun katta yöqotiş ekanini aytib ötdi.