AQŞning "Time" jurnali tahririyati AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Trampni "Yil odami" deb topdi. Bu haqda NBC telekanalining Today ertalabki şousida ma'lum qilindi.

Bu borada 2-örinni AQŞning sobiq boş kotibi, AQŞ prezidenti saylovlarida iştirok etgan nomzod Xillari Klinton egalladi. Jurnal tahririyati 3-öringa "demokratiyani nişonga olgan" xakerlarni qöydi.
Reytingning qisqa röyxatiga şuningdek Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Hindiston boş vaziri Narendra Modi ham kiritildi.
Avvalroq Time jurnali öquvçilari ham bu borada öz tanlovlarini qilgandilar. Ularning fikriça, "Yil odami" deb atalişga aynan Modi haqlidir. U AQŞning amaldagi prezidenti Barak Obama va bölğusi prezidenti Donald Trampdan ötib ketdi.











