AQŞ boşçilik qilayotgan xalqaro koalitsiya Mösulda IŞID terrorçilari tomonidan foydalanib kelingan şifoxonaga havo zarbalari yölladi.

6 dekabr kuni Iroq xavfsizlik kuçlari IŞID tasarrufida bölgan Mösul şarqidagi Al-Salem şifoxona majmuasini egallaşga harakat qilişdi. Terrorçilar şifoxonadan özlarining bazasi va ştab-kvartirasi sifatida foydalanib kelişgan. Iroqliklar tumanni egallab olişgaç, jangarilar öz pozitsiyalarini mustahkamlaşga va bir qança qayta hujumlar uyuştirişga muvaffaq bölişgan.

7 dekabr kuni Iroq bölinmalari terrorçilar bilan jang davomida ularning pozitsiyalariga qarata oğir pulemyot va granatomyotlardan öq uzişgan. Şu bilan birga koalitsiyadan havo zarbasini berişda yordam söraşgan. Samolyotlar jangarilarning marrasiga aniq zarba yöllagan.
Ma'lumot uçun: Mösul ikki yildan buyon IŞID jangarilari qöl ostida turibdi.