Xalqaro Olimpiya qömitasining tibbiy va ilmiy rahbari, şifokor Riçard Bajyett qömita direktorlar kengaşi yiğilişidan keyingi matbuot-anjumanda 2008 va 2012 yilgi Olimpiadalarda olingan doping-namunalar bilan takroriy tekşiruv ötkazilgani haqida hisobot berdi.  

"Bu XOQning toza sportçilarni himoya qilişdagi juda muhim işidir. Biz Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) bilan barça ma'lumotlarni oliş uçun birgalikda işladik. Rio-2016’da iştirok etişi mumkin bölgan 41 sportçi çetlatildi. Iyulda biz 98 ta ijobiy doping-namuna topilganini e'lon qilgandik. Hozir bu raqam 101 taga yetdi va men Londondagi Olimpiadadan yana ijobiy namunalar olinişini tasdiqlaşim mumkin. Pekindagi namunalarni qayta tekşiriş böyiça işlar esa yakunlandi", deb aytdi Bajyett.

"Namunalarni takroriy tekşiriş davom etmoqda, şuning uçun hozirda ma'lum bölgan raqamlarnigina aytiş mumkin, biroq ular oşişi mumkin: 49 nafar sportçi Pekindagi öyinlardan keyin, 30 nafar sportçi Londondagi öyinlardan keyin çetlatilgan. Bizni hozirda aldayotgan sportçilar şuni bilişlari lozim: biz barça namunalarni saqlab qöyamiz va ular 10 yil içida qayta tekşirilişi mumkin", deb qöşimça qildi mutaxassis.

9 dekabrda WADA mustaqil komissiyasi hisobotining 2-qismi taqdim qilinadi, unda doping-namunalari soxtalaştirilgan sportçilar nomlari ma'lum qilinadi hamda sportçilar tahlilini almaştirib qöyiş tizimini yaratişda davlatlarning iştiroki isboti taqdim qilinadi.