Xalqaro Olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax va Şimoliy Koreya jismoniy tarbiya va sport vaziri Il Guk Kim 30 martda XOQ delegatsiyasining Pxenyanga taşrifi vaqtida uçraşuv ötkazdilar. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Jismoniy tarbiya va sport vaziri, Şimoliy Koreya Milliy olimpiya qömitasi rahbari Il Guk Kim Tomas Bax boşçiligidagi XOK delegatsiyasi bilan uçraşib, Mansude majlislar zalida suhbatlaşdi”, deb aytilgan xabarda.
Şuningdek, Bax 1989 yilda qurilgan, köp vazifali “Birinçi may stadioni” va Pxenyandagi boşqa sport obektlariga taşrif buyurgan.
Avvalroq Bax Şimoliy Koreya terma jamoasini 2020 yilgi Olimpiadada iştirok etişini ilgari surişda kömak bermoqçiligini aytgan. 2018 yilgi Pyongçangdagi Olimpiadada XOQ şimoliy koreyalik sportçilarga Olimpiadada iştirok eta olişlari uçun qöşimça kvotalar bergan.












