Biz uzoq masofalar – turli shaharlar, mamlakatlar va hatto turli qit'alardan turib do‘stlarimiz va yaqinlarimizni ko‘rishni, ularning ovozini eshitishni istaymiz. Kuchsiz internet yordamida dunyoning har qanday nuqtasi bilan doimiy aloqada bo‘lish xomxayolday ko‘rinishi mumkin. Biroq endi bunday emas: foydalanuvchilarning real hayotdagi zaif tomonlari va muammolarini o‘rgangan ishlab chiqaruvchilar real vaziyatlarga moslasha oluvchi mahsulotni yaratdi hamda eng noqulay aloqa sharoitlarida ham barcha funksiyalarni juda yaxshi uddalay oladigan servisni taqdim etdi. 

Agar smartfoningizda Pinngle bepul messenjeri bo‘lsa, unda xomxayol real hayotga aylanadi. UHD formatidagi yuqori yechimga ega audio- va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda o‘tkazish qobiliyati past bo‘lgan GPRS/EDGE/2G uyali aloqa tarmoqlarida ovoz sifati va tasvir pikselizatsiyasini yo‘qotmagan holda ishlash imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, internet tezligi qay darajada past bo‘lishidan qat'iy nazar aloqa sifati har doim a'lo darajada bo‘ladi, chunki Pinngle boshqa servislar ishlay olmaydigan joylarda ham ishlaydi. Pinngle’ning ushbu xususiyati ayniqsa yangi yil kechasida dolzarblik kasb etadi. Bayram kuni barcha aloqa kanallari o‘z yaqinlari va do‘stlarini tabriklamoqchi bo‘lgan kishilarga to‘lib ketadi. Shu bois, Pinngle messenjeriga ega kishilardan farqli o‘laroq, bayram tabrigini hamma ham yetkaza olmasligi mumkin. 

Yangi yil arafasida Pinngle hozirning o‘zidayoq o‘zining yangi yil kayfiyatini butun dunyo bo‘ylab tarqalgan do‘stlari bilan bahamlashishga tayyor bo‘lgan kishilar uchun tanlov e'lon qiladi. Tanlovning muhim sharti – uyda, gilam ustida emas, balki turli g‘aroyib joylarda, ya'ni nafaqat siz uchun, balki boshqa foydalanuvchilar uchun ham qiziqarli bo‘lgan joylarda videoaloqa formatida muloqot qilish.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagilar zarur: 
1. Telefonga Pinngle’ni o‘rnatish (Google Play yoki